Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Kuba inqilobi ilhomçisi Fidel Kastro hamda uning ukasi, mamlakatning hozirgi rahbari Raul Kastro bilan uçraşdi.

Eron rahbarining matbuot xizmati xabariga köra, bu taniqli şaxslarning uçraşuvi Kastroning uyida röy bergan.

Kuba milliy televideniyesining ma'lum qilişiça, Fidel Kastro va Eron yetakçisi murakkab xalqaro vaziyatni tahlil qilib, iqlim özgarişlari xavf solayotgan dunyoda oziq-ovqat işlab çiqarilişi muhimligini ta'kidladi.

Ruhoniy 2006 yilda akasi betob bölgaç, boşqaruvni qölga olgan Raul Kastro bilan alohida uçraşgan. Ular ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar yuzasidan fikrlar almaşişgan.

Eron rahbari Venesueladagi sammitdan söng Kubaga keldi. Venesuela hozirda Kubaning asosiy savdo şerigi hisoblanadi.

Şuningdek, taşrif davomida Kuba va Eron soğliq vazirlari Roberto Morales Oxeda hamda Hasan Hoşimiy tomonidan özaro şartnoma imzolangan.