Kosta-Rikada aviatsiya boşqarmasi seşanba kuni poytaxt San-Xosedagi "Xuan Santamaria" aeroportida reyslarni qabul qiliş töxtatilgani haqida ma'lum qildi. Bunga Turrialba vulqoni uyğongani sabab bölgan.

Vulqondan kul otila boşlagaç, 8ta samolyot boşqa yönalişga köçirilib, Kosta-Rika şimoliga va qöşni davlat Sanlvadorga qöndirilgan.

"Xuan Santamaria" aeroporti Kosta-Rika poytaxti San-Xose şahridan 17 km masofada, Turrialba vulqoni esa 36 km masofada joylaşgan.

Kosta-rikalik vulqonşunoslar ma'lumotlariga köra, vulqon oğzidan otilgan kul 4 ming metr balandlikkaça kötarilmoqda.