Wanderlust tomonidan dunyoning eng ardoqli mamlakatlari röyxati 200 mingdan ortiq sayohat ixlosmandlarini öz içiga olgan Readers’ Choice Awards (RCA) mukofotining bir qismidir. Bu haqda Time Out yozdi.
Qayd etilişiça, uşbu mukofot butun dunyo böylab eng yaxşi «yönalişlar, turoperatorlar va turistik brendlar»ga beriladi.
Bu yil «Eng ardoqli mamlakat» unvoni Yaponiyaga nasib etdi. Bu mamlakat sönggi marta 10 yildan ortiq vaqt oldin şu tariqa e’tirof qilingan edi.
Ta’kidlanişiça, Yaponiyada deyarli har qanday ta’tilni xohlagança ötkaziş mumkin. U yerda plyajlar, toğlar, köp asrlik tarix va madaniyat, şuningdek, jahon darajasidagi tematik boğlar va dunyodagi eng katta şahar mavjud. Har xil odamlar sayohat qilişi hisobga olinsa, u şunçalik köp ovoz olgani ajablanarli emas.
Wanderlust ma’lumotlariga köra, Tokio va Kioto kabi şaharlar maşhur bölib qolsa-da, «sayyohlar endi Şikoku qirğoqlariga sayohat qilişadi, Kanazava ustalarini ziyorat qilişadi». Sayyohlar hatto Yaponiyaning «mamlakat ruhi eng yorqin his qilinadigan» ayrim çekka orollarini örganmoqda.
Time Out ma’lumotlariga köra, Yaponiyada dunyodagi eng ajablanarli hudud ham bor: röyxatda Tokioning kitoblar kvartali - Dzimbotyo yetakçilik qilmoqda. Mahalliy ekspert Syot Nagoa uni «Tokio ziyolilari avlodlarining sevimli sayr joyi» deb atadi. Tokio ham 2025 yilda dunyoning eng yaxşi şaharlari röyxatidan joy oldi.
Maşhurlik böyiça ikkinçi mamlakat Kosta-Rika böldi. Markaziy Amerikaning bu mamlakati hayratlanarli va yovvoyi tabiatga boy. Sayyohlik bölimi muharriri Greys Bird «dunyodagi eng buyuk eko-sarguzaştlardan biri» deb ataydigan Osa yarimoroli, Time Out versiyasiga köra, sayyoradagi eng kam baholangan joy ham şu yerda joylaşgan. Uçinçi örinni özining tabiiy gözalligi bilan ham maşhur bölgan Kanada egalladi.
Yer yuzidagi eng ardoqli mamlakatlar qaysi? Wanderlust öquvçilari fikriça, sayyoramizdagi eng köp sayohat qiliş mumkin bölgan önta joy: Yaponiya, Kosta-Rika, Kanada, Avstraliya, Peru, Janubiy Afrika, AQŞ, Yangi Zelandiya, Braziliya, Ekvador.

















