Sitsiliyaning şarqiy sohilida bir haftadan buyon Yevropadagi eng yirik vulqon – Etna vulqoni otilişi kuzatilmoqda. Kataniyadagi Milliy geofizika va vulqonşunoslik instituti observatoriyasi direktori Salvo Gambinoning sözlariga köra, bunday uzoq davom etgan otiliş 1970-yillar oxiridan beri kuzatilmagan. U sönggi ön yilliklarda bir neça bor lava oqimlari kuzatilgani, ammo odatda bunday holatlar bir neça soatda töxtaganini qayd etgan. Vulqon kuli Kataniya aeroporti faoliyatiga jiddiy ta’sir körsatgan va sönggi hafta davomida – sayyohlik mavsumi avjida mingdan ortiq reys bekor qilingan. Ayrim yölovçilar bir neça kundan buyon terminallarda tunaşga majbur bölmoqda. Gambinoning sözlariga köra, vulqon otilişi qança davom etişini oldindan aytib bölmaydi – u «ertaga, bir neça kundan keyin, bir hafta yoki bir oydan keyin» töxtaşi mumkin.

Fabrizio Villa / Getty Images

Etna Walk / AFP / Scanpix / LETA

Etna Walk / AFP / Scanpix / LETA

Giuseppe Di Stefano / Reuters / Scanpix / LETA

Etna Walk / AFP / Scanpix / LETA

Emilio Messina / EPA / Scanpix / LETA














