Arenal vulqoni minglab yillar davomida atrofdagi hududlarni vaqti-vaqti bilan kulga kömib kelgan. Otilişlardan söng manzilgohlar vaqtinça böşab qolgan, ammo odamlar keyinçalik qaytib, uylarini tiklagan va öşa hududda yaşaşni davom ettirgan.
Olimlar bunday barqarorlikni avval ham turli oziq manbalari, kiçik aholi manzilgohlari va jamoalar örtasidagi aloqalar bilan izohlagan. Bir joy yaşaşga yaroqsiz bölib qolsa, odamlar qöşni örmonlar va eski mevazorlardan yegulik topişi mumkin bölgan. Qadimiy söqmoqlar tarmoği va jamoalar örtasidagi aloqalar bunga yordam bergan, deb hisoblanmoqda.
Amerikalik tadqiqotçilar davri bir-biridan qariyb ikki ming yil farq qiladigan ikkita manzilgoh topilmalarini soliştirgan. Birinçisi - miloddan avvalgi taxminan 1600–1100-yillarga oid turar joy aniqlangan La-Çiripa. Ikkinçisi - milodiy 430–540-yillarda aholi yaşagan Sitio-Bolivar qişloği.
La-Çiripa balandlikda, Sitio-Bolivar esa köl böyida joylaşgan. Şu bois taqqoslaş turli davrlar va yaşaş şaroitlarini qamrab olgan. Tadqiqot natijalari Frontiers in Environmental Archaeology jurnalida eʼlon qilingan.
Qazişmalar vaqtida olimlar turar joy qatlamlari, öçoqlar va boşqa obyektlardan tuproq, ösimlik qoldiqlari hamda yoğoç kömiri namunalarini yiğgan. Mayda topilmalar tuproqni yuviş orqali ajratib olingan, söng mikroskop ostida örganilib, zamonaviy namunalar bilan soliştirilgan. Ildiz va tuganaklarning belgilarini tekşiriş uçun ularning ayrim namunalari tajriba tariqasida kömirlantirilgan.
Jami 194 ta ösimlik qoldiği ajratilgan. Biroq ularning barçasini aniq turga mansub deb belgilaşning imkoni bölmagan. Qoldiqlarning hammasi ham oziq-ovqat sifatida işlatilgan ösimliklarga tegişli emas.
Turar joylardan topilgan materiallarda meva daraxtlari, palmalar va yerosti qismlari isteʼmol qilinadigan ösimliklar muhim örin tutgan. Makkajöxori, loviya va qovoq qoldiqlari esa ança kam uçragan.
Aniqlangan ösimliklar orasida maniok, avokado, kakao, meva beruvçi palmalar va boşqa tropik turlar bor. Ularning turli qatlamlarda uçraşi aholi örmon mahsulotlaridan muntazam foydalanganini körsatgan.
Olimlar bunday muhitni obrazli tarzda «yegulik örmon» deb taʼriflamoqda. Unda daraxtlar, butalar, çirmaşuvçi ösimliklar, şuningdek, yer ostidagi ildiz va tuganaklar oziq manbai bölgan.

















