Fan-texnika | 18:23 / 20.09.2016
5599
2 daqiqa o‘qiladi

"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun ajoyib imkoniyatlarni tuhfa etdi

Foto: TASS

VKontakte ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar orasida naqdsiz pul o‘tkazish  xizmatini ishga tushirdi, deya xabar qilmoqda TASS agentligi ijtimoiy tarmoq matbuot xizmatiga tayangan holda. 

Endilikda, foydalanuvchilar bank kartochkalaridan foydalangan holda pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu xizmatdan saytning veb namunasidagi muloqotlar oynasida, shuningdek, Android va Windows Phone uchun ishlab chiqilgan mobil ilovalarida ham foydalanish mumkin. Mazkur xizmat iPhone telefonlari uchun yaqin orada chiqadigan yangilash bilan birga ishga tushadi. 

Ammo, bu hali hammasi emas. VKontakte foydalanuvchilari o‘zaro ovozli xabarlar bilan ham o‘rtoqlasha oladi. 

Tarmoq vakillarining ta'kidlashlaricha, yangi xizmat jonli suhbatni xush ko‘ruvchilar yoki yozishga vaqti va imkoni bo‘lmaganlar uchun qulaydir.  

Ovozli xabarni yozish uchun muloqot oynasidagi mikrofon belgisini bosib turish kifoya qiladi. 

Saytning veb namunasida ovozli xabari yuborishdan avval eshitib ko‘rish ham mumkin. Shundan so‘ng, "Yuborish" tugmasini bosish yetarli.


Teglar: ijtimoiy tarmoq, VKontakte

Mavzuga oid