20 sentabr kuni Parij şahrida “IFTM Top Resa – 2016” xalqaro sayyohlik körgazmasi oçildi. Unda Özbekistonning sayyohlik salohiyati keng namoyiş etilmoqda. ÖzA bu haqida xabar berdi. 


Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov boşçiligida turizm sohasini rivojlantirişga doir amalga oşirilgan izçil islohotlar natijasida mamlakatimizda içki va xalqaro turizm tobora kengayib, sayyohlik olamining yangi yönalişlari kaşf etildi. Mamlakatimizdagi tinçlik va barqarorlik, özbekona mehmondöstlik, zamonaviy turizm infratuzilmasi hamda dam oliş maskanlarida yölga qöyilgan yuksak sifatli xizmatlar sayyohlarni öziga jalb qilib kelmoqda.


“IFTM Top Resa” - dunyodagi eng yirik va nufuzli xalqaro körgazmalardan biri. Joriy yilda uşbu körgazmada AQŞ, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Braziliya, Rossiya, Belarus, Vetnam, Hindiston, Isroil, Eron va boşqa mamlakatlardan 1500dan ziyod sayyohlik firma va kompaniyalari öz xizmatlarini taklif etmoqda. Körgazma sayyohlik sanoatining barça zamonaviy yönalişlarini özida jamlagan.


Fransiya poytaxtidagi “Porte de Versailles” körgazmalar zalida ötkazilayotgan nufuzli turizm forumidan joy olgan “Özbekiston” milliy stendi öziga xos körkam dizayni, bezaklari va mazmunan boyligi bilan iştirokçilar e'tiborini tortmoqda. Unda mamlakatimiz tarixiy obidalari, xalqimizning milliy an'ana va qadriyatlari aks ettirilgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz va Toşkent şaharlarining diqqatga sazovor joylariga oid rang-barang ma'lumotlar, xalq hunarmandçiligi buyumlari yarmarka iştirokçilarida katta qiziqiş uyğotmoqda.


Mazkur xalqaro körgazma jahon hamjamiyatini mamlakatimiz sayyohlik sanoati imkoniyatlari bilan keng taniştiriş, xorijning sayyohlik kompaniyalari bilan özaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ikki va köp tomonlama manfaatli şartnomalar tuziş, sayyohlik biznes rivojining tendensiyalarini aniqlaş, jahon sayyohlik bozoridagi yangiliklar va özgarişlar bilan yaqindan tanişiş hamda bu borada özaro fikr va tajriba almaşiş imkonini yaratadi.


Manbaga köra, Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati mavzusida taqdimot ötkazilgan. Tadbirda ikki mamlakat turistik taşkilotlari örtasida bitimlar imzolangan.