Dubayda uç nafar qozoğistonlik tadbirkor hamyurtidan pul undirmoqçi bölgani va agar u bundan boş tortsa, erkakning özini va farzandlarini öldiriş bilan tahdid qilgani uçun sud oldida javob berdi. Bu haqda nur.kz naşri xabar bermoqda.
29, 51 va 52 yoşli qozoğistonliklar 40 yoşli boşqa bir qozoq tadbirkoridan har oy pul tölab turişini talab qilib tahdid qilganlar.
Jabrlanuvçining aytişiça, mart oyida bu kimsalar uning uyiga u bilan uçraşmoqçi bölgani kelgan, biroq öşa payt tadbirkor uyida bölmagan. Tadbirkor uning uyiga sudlanuvçilar noqonuniy ravişda bostirib kirganini xizmatkor ayoldan bilgan va politsiyaga xabar bergan.
29 mart kuni erkak trenajyor zalida bölganda, ikki sudlanuvçi uning yoniga kelib, ularning bosslari bilan uçraşişni talab qilgan.
Şunda tadbirkor Dubay politsiyasi bilan boğlangan. Politsiya jinoiy tödani uşlaş böyiça operatsiya tayyorlagan. 51 yoşli sudlanuvçi tadbirkor bilan kafelardan birida uçraşgan.
Jabrlanuvçining aytişiça, jinoyatçilar undan himoya qiliş evaziga pul talab qilganlar. Ular uning Qozoğistondagi va Dubaydagi uyini bilişlarini aytib, uning farzandlarini öğrilaş va onasini öldiriş bilan tahdid qilişgan. Jinoyatçilar öz qilmişlarini ular noçor yaşagan bir vaqtda, jabrlanuvçi boy yaşagani bilan asoslaşgan.
Dubay politsiyasi uçala jinoyatçini ham kafedagi uçraşuv vaqtida hibsga olgan.












