Dubayning Business Bay hududida yangi rekord örnatişi kutilayotgan ulkan turar joy osmonöpari qad rostlamoqda. Burj Binghatti Jacob & Co Residences deb nomlangan loyiha şaharning navbatdagi arxitektura ramzlaridan biriga aylanişi rejalaştirilgan.

Loyihaga köra, osmonöparning balandligi 557 metrga yetadi va u 100 dan ortiq qavatdan iborat böladi.

Bino qurib bitkazilsa, hozirgi eng baland turar joy osmonöparlaridan biri bölgan Nyu-Yorkdagi Central Park Towerʼdan baland böladi. Uning balandligi 472 metrni taşkil etadi.

Şu tariqa, Dubaydagi yangi majmua dunyodagi eng baland turar joy osmonöpari maqomiga daʼvogar böladi.

Loyiha Dubayning Binghatti Developers developerlik kompaniyasi hamda Nyu-Yorkda joylaşgan zargarlik va soat brendi Jacob & Co. hamkorligida amalga oşirilmoqda.

photo_2026-08-23_14-04-06-673x1200
Burj Binghatti Jacob & Co Residences osmonöpar binosining qurilişi / © Binghatti Developers

Dizayni qimmatbaho toşlardan ilhomlangan

Burj Binghatti Jacob & Co Residences faqat balandligi bilan emas, taşqi körinişi bilan ham ajralib turişi rejalaştirilgan.

Osmonöpar siluetini yaratişda Jacob & Co. soatlaridagi murakkab mexanizmlar va zargarlik buyumlarining dizayn elementlaridan ilhom olingan.

Binoning yuqori qismi romb şaklidagi şpillar bilan bezatiladi. Loyiha mualliflarining ğoyasiga köra, ular Dubay osmoni fonida qirralangan qimmatbaho toşlarni eslatişi kerak.

Şu tariqa, loyihada zamonaviy arxitektura bilan zargarlik dizaynini birlaştirişga harakat qilingan.

photo_2026-08-23_13-40-56-682x1200
Burj Binghatti Jacob & Co Residences osmonöpar binosining quriliş jarayoni / © Binghatti Developers

Qurilişni kelasi yili yakunlaş rejalaştirilgan

Yangi eʼlon qilingan suratlarda osmonöpar qurilişi qanday davom etayotganini köriş mumkin. Manbada keltirilişiça, binoda quriliş işlarini kelasi yili yakunlaş rejalaştirilgan.

Loyiha oddiy turar joy majmuasi emas, balki Dubaydagi lyuks köçmas mulk bozorining yangi ramzlaridan biri sifatida taqdim etilmoqda.