20-21 sentabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarining sessiyalari bölib, ularda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar muhokama qilindi.

“Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi Qonunga va Asosiy tadbirlar dasturi muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi saylov okruglari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri çegaralari doirasida tuzildi.

Saylov okruglari röyxati saylovçilar soni hamda okrug saylov komissiyalari qayerda joylaşganligi körsatilgan holda matbuotda e'lon qilindi.

Prezident saylovini taşkil etiş va uni ötkaziş Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uçastka saylov komissiyalari tomonidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi okrug saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmiş kun qolganida komissiyaning raisi, rais örinbosari, kotibi va kamida 6-8 nafar a'zosidan iborat tarkibda tuziladi.

Okrug saylov komissiyalarining a'zolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarining tavsiyasi bilan jamoatçilikning obröli vakillari orasidan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Joylardagi davlat hokimiyati vakillik organlari sessiyalarida muhokamalar natijasida okrug saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya qiliş böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazi.