Dunyo hamjamiyati 2015 yilda zöravonlik va ziddiyatlar tufayli taxminan 13,6 trillion dollarga tuşdi. Bu haqida BMT boş kotibi Pan Gi Mun çorşanba kuni  jahon taşkilotining Tinçlik fondini qöllab-quvvatlovçi konferensiyada ma'lum qildi.

"Iqlimning özgarişi, iqtisodiy inqirozlar va moliyaviy yöqotişlar, ösib borayotgan tengsizlik hamda yoşlar orasidagi xavf darajasiga yetayotgan işsizlik ziddiyatlarga sabab böladi va insonlarga juda kuçli ta'sir körsatadi", - dedi Pan Gi Mun. - Uzoq tanaffusdan söng ziddiyatlar soni köpaya boşladi. Davlatlararo uruşlar kamaygan bölsa-da, mamlakatlarda içki töqnaşuvlar yuzaga kelmoqda, köp holatlarda ularga taşqi kuçlar va nodavlat sub'yektlar jalb qilinmoqda". 

"Ekspertlarning baholariga köra, 2015 yilda zöravonlik va ziddiyatlar dunyoga taxminan 13,6 trillion dollarga tuşdi, - dedi boş kotib. - Bu sayyoramizning har bir kişisi boşiga 1,8 ming dollardan töğri keladi". "Faqatgina 2015 yilning özida dunyo hamjamiyati tinçlikparvar operatsiyalar va ziddiyatlardan jabr körgan kişilar hamda qoçqinlarga insonparvarlik yordami uçun 34 milliard dollar sarfladi", - deya ta'kidladi BMTning ma'muriy rahbari. 

Pan Gi Mun insonparvarlik ehtiyojlariga öz vaqtida qilingan xarjlar foijiali voqealarning oldini olişi mumkinligini ta'kidladi. Şu munosabat bilan boş kotib davlatlarni BMT Tinçlik fondiga köproq pul vositalari ötkazişga çaqirdi. "U dunyo böylab millionlab kişilarga yordam beradi", - deya ta'kidladi boş kotib. 

BMT Tinçlik fondi 2006 yilda 250 million dollar ustav kapitali bilan ta'sis etilgan. U uruşni boşdan keçirgan mamlakatlarni qayta tiklaş va tinçlikni mustahkamlaş uçun sarflanadi.