Turkiya artilleriyasi va harbiy samolyotlari Suriya şimolidagi IŞID jangarilarini bombardimon qildi. Hujum Kilis şahriga raketa yöllangan nuqtalar böylab amalga oşirilgan. Bu haqda Turkiya Qurolli kuçlari boş ştabi ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq, Kilisga Suriya hududidan uçirilgan raketa kelib tuşgani haqida xabar berilgandi. Natijada, 6 kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizildi. Keyinroq hududga yana bir raketa tuşgan va 2 bola jarohatlangan.
"Raketa yöllangan nuqtaga qarata artilleriyadan 64ta snaryad uçirildi. Şuningdek, F-16 samolyotlari Suriya şimolidagi Al-Rai, Ixtimalat va Al-Atxaniyax tumanlariga havo zarbalari berdi", deyilgan xabarda.
Boş ştab xabarida qarşi hujum orqali IŞIDning köplab jangarilari yöq qilingani, aniq ma'lumotlar kelib tuşmagani aytilgan.












