Hindistonning Gujarot ştati aholisi katta böğma ilonning "boşiga yetgan" öljasini yutişining guvohi böldilar. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, ilon ohuga hujum qilib, uni kuçlarini töğri baholay olmay butunligiça yutib yuborgan. Ilon xato qilganini tuşungaç, öz öljasini taşqariga çiqarib taşlamoqçi bölgan, biroq "yemiş" juda katta bölgani sabab buni qila olmagan. Ilon hattoki qimirlay ham olmagan. Ilon bir neça daqiqa tipirçilab, söngra jon bergan.
Guvohlarning aytişiça, bu ularning hayotlarida ular körgan juda ayançli va şu bilan birga juda qiziq holatlardan biri bölgan. Mahalliy ekologlarning fikriça, böğma ilon köplab içki jarohatlar olganidan nobud bölgan.












