Vazirning aytişiça, mamlakatda aviatsiya texnikasini işlab çiqariş uçun zarur sanoat muhiti rivojlanmoqda.

«Ikki yil içida Hindistonda işlab çiqarilgan fuqarolik samolyotiga ega böla olamiz», - degan Naydu.

Biroq u loyihani amalga oşirişi kutilgan qöşma korxona haqida batafsil maʼlumot bermagan. Samolyotning modeli, siğimi, hamkor kompaniyalar va işlab çiqarişda mahalliy qismlar uluşi ham oçiqlanmagan.

Şu bois bayonot mamlakatda samolyot işlab çiqarişni yölga qöyiş maqsadini anglatadi. Uning butunlay yangi, mustaqil loyihalangan samolyot bölişi haqida hozirça aniq maʼlumot yöq.

Naydu Hindiston aviatsiya bozoridagi talabga ham töxtalgan. Uning maʼlumotiga köra, mahalliy aviakompaniyalar umumiy qiymati qariyb 100 mlrd dollar bölgan 1 600 tadan ortiq samolyotga buyurtma bergan.

Hozirda mamlakatda 165 ta aeroport mavjud. Hindiston aviakompaniyalari parki esa taxminan 850 ta havo kemasidan iborat.

Kelgusi ön yilda yana 100 tadan ortiq yangi aeroport paydo bölişi kutilmoqda.

Hukumat aviatsiya dvigatellarini ham mamlakatning özida işlab çiqariş imkoniyatini körib çiqadi. Biroq vazir bunday işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş ança vaqt talab qilişini taʼkidlagan.