Toşkent şahrida 23 sentabr kuni “Özbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni” mavzusida tadbir bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Alişer Şayxov, Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Naytxart Xyofer-Vissing, Özbekistondagi Germaniya iqtisodiyoti klubi prezidenti, “Commerzbank AG” vakolatxonasi rahbari Bodo Tyons va boşqalar mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik barça sohalarda izçil rivojlanib borayotgani, uşbu anjuman savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada faollaştirişga xizmat qilişini alohida ta'kidladi. 

Mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 2015 yilda 521,5 million, joriy yilning yanvar-iyul oylarida esa 304,4 million dollarni taşkil etdi. Özbekistonda germaniyalik sarmoyadorlar iştirokida tuzilgan 112 korxona faoliyat körsatmoqda. Ular savdo, yengil sanoat, tibbiyot, farmatsevtika, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, avtomobilsozlik, transport va transport kommunikatsiyalari, fan-ta'lim kabi sohalarda iş yuritmoqda.

Özbekistonda korporativ boşqaruvning samarador usullarini joriy etişda rivojlangan davlatlar, xususan, Germaniya tajribasi örganilmoqda.  Germaniyaning “Daimler”, “Siemens”, “BMW”, “Lufthansa”, “Thyssen Krupp”, “MAN”, “Knauf” singari 25 yetakçi kompaniyasi taşabbusi bilan 2002 yilda asos solingan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi bilan hamkorlik bu borada muhim rol öynamoqda.

Anjumanda ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni, jumladan, sarmoya, energetika, maşinasozlik, korporativ boşqaruv, bank-moliya, eksport-import kabi soha va yönalişlardagi aloqalarni yanada rivojlantiriş, Germaniya kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylaştiriş jarayoniga keng jalb etişga oid masalalar atrofliça muhokama qilindi.