Yaman prezidenti Abd-Rabbo Mansur Hodiy xalqaro hamjamiyat va moliyaviy taşkilotlarni Yamandagi xöjalikni tiklaş va yangi demokratik davlat yaratişdagi iqtisodiy loyihalarni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
"Men butun ozod dunyo va moliyaviy taşkilotlarni Yamanga iqtisodiy çoralarda yordam berişga çaqiraman", deb aytdi Hodiy BMT Boş assambleyasidagi nutqida.
Hodiy mamlakat rahbariyati Markaziy bankni Adanga köçirişga qaror qilganini aytdi, bu yerda qonuniy hukumat isyonçi xusiyçilarning iğvogar harakatlariga yöl qöymaslik uçun işlaydi.
Hodiy navbatdagi marta Eronni Yamandagi vaziyatni siyosiy tartibga soliş böyiça çoralarga qarşi tösqinlik qilişda aybladi. Uning aytişiça, Tehron xusiyçilar va Yamanning sobiq prezidenti kuçlarini qöllab-quvvatlaş orqali Yamanda demokratik davlatni qurişga barça sa'y-harakatlarni barbod qilişga qaratilgan "vayronakor rejani" amalga oşirmoqda.












