Husiyçilar Yaman janubidagi Adan port şahridagi prezident saroyiga raketalar bilan zarba berişi oqibatida beş kişi halok bölib, 16 kişi yaralandi. Ularning aksari xavfsizlik xizmati xodimlari bölişgan.

Yaman axborot vaziri Muammar al-Eryaniyning BBC’ga maʼlum qilişiça, xalqaro tan olingan hukumat qarorgohi joylaşgan Al-Maʼşiq saroyiga beşta ballistik raketa kelib tuşgan. Boş vazir va hukumatning boşqa vakillari jabrlanmagan.

Husiyçilarning harbiy vakili Yahyo Sari «saudiyaliklarning Adandagi harbiy amaliyotlar ştab-kvartirasi» zarba nişoni bölganini aytdi.

Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya Yaman hukumatini qöllab-quvvatlamoqda va Eron taʼsiridagi husiyçilarning pozitsiyalariga yuriş qilayotgan hukumat kuçlariga havodan kömak berib kelmoqda.

Yaman boş vaziri Şayya az-Zindoniy husiyçilarning Adanga hujumini qoralab, buni «jinoiy harakatlarning davom ettirilişi» deb atadi.

U hukumat öz vazifalarini bajarişda davom etayotgani va bu hujum hukumat kuçlarining Yamanning janubi-ğarbiy hududlarida, Qizil dengiz böyida va frontning boşqa joylarida husiyçilarga qarşi harbiy amaliyotlarni davom ettiriş qarorini susaytirmasligini taʼkidlagan.

Payşanba kuni Ar-Riyod boşçiligidagi koalitsiya Madina şahri yaqinida qanotli raketani urib tuşirgani haqida xabar bergandi. Husiyçilar esa bu hujumga aloqadorligini rad etgandi.

«Eron eskalatsiyani rağbatlantirmoqda»

Husiyçilar Yaman ğarbidagi öz nazorati ostida bölgan hududlar, jumladan, poytaxt Sanoga qilinayotgan hujumlarga javoban Saudiya Arabistonidagi aeroportlar, neft-gaz obyektlari hamda harbiy bazalar böylab raketa va dronlarini uçirmoqda.

Ötgan haftaning şanba kuni Ar-Riyoddagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga raketa kelib tuşişi oqibatida 13 kişi halok böldi. Bu Saudiya Arabistoniga sönggi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida qilingan eng ajalvor hujum böldi.

Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri örinbosari Eronni husiyçilarni qirollik bilan mojaroni kuçaytirişga undaşda aybladi.

«Eron BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarini buzgan holda husiyçilar tuzilmalarini qurollantiriş, öqitiş va qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda», – dedi jurnalistlarga Raid Krimli.

«Bizning fikrimizça, mojaroning hozirgi sönggi bosqiçida Eron husiylar tomonidan eskalatsiyani rağbatlantirmoqda», – deya qöşimça qildi u.