Saudiya Arabistoni aeroportini yopdi va husiyçilarga «jiddiy javob» qaytarişni vaʼda qilmoqda
|16:34 / 13.10.20267 9618 min
Yamandagi husiyçilarning davomli hujumlaridan keyin duşanba kuni Saudiya Arabistoni hukumati Ar-Riyoddagi xalqaro aeroport faoliyatidagi tanaffusni uzaytirdi.
Foto: Saudi Press AgencyFoto: Saudi Press Agency
Ötgan haftada mazkur aeroportga berilgan zarbalar oqibatida kamida 18 kişi halok bölgan, şundan 13 ta ölim holati şanba kungi zarbadan keyin qayd etilgan – bu mamlakatda sönggi ön yildan ortiq vaqt davomidagi eng ajalvor hujum böldi. Yuzlab kişilar jarohat olgan. Saudiya Arabistoni rasmiylari husiyçilarga qattiq javob qaytarilişini vaʼda qilmoqda.
Duşanba kuni Saudiya Arabistoni fuqarolik aviatsiyasi boş boşqarmasi «qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyatidagi tanaffus uzaytirilgani»ni eʼlon qildi, ammo gap qanday muddat haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmadi.
Fors körfazi mamlakatlariga parvozlarni amalga oşiruvçi aviakompaniyalardan biridagi manbaning sözlariga köra, duşanba kuni Saudiya Arabistoni aviatsiya maʼmuriyatidan olingan xabarnomalarda aeroport faoliyati kamida iş haftasi oxirigaça töxtatilişi bildirilgan.
Ar-Riyod metropolitenining yuqori martabali rasmiysi ham AFP muxbiriga hukumat aeroportga xizmat qiluvçi uçta stansiyada poyezdlar harakatini töxtatganini aytgan.
Saudiya Arabistoni energetika vaziri Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan husiyçilarning aeroportlar va neft-gaz sohasi obyektlariga bölayotgan hujumlariga «jiddiy» javob qaytarilişini vaʼda qilgan.
«Sönggi haftalardagi voqealar jiddiy tus oldi. Bizning javobimiz ham xuddi şunday jiddiy bölişi kerak», – dedi şahzoda Abdul Aziz ibn Salmon Ar-Riyodda boşlangan WPC Jahon energetika kongressidagi çiqişida.
Husiyçilar saudiyaliklarning Yaman ğarbidagi «şafqatsiz tajovuzi»ga javoban zarbalar berganini maʼlum qilgan.
Husiyçilar nazoratidagi soğliqni saqlaş vazirligi yakşanba kuni Saudiya Arabistonining Yaman poytaxti Sanodagi turar joylar böylab yöllagan aviazarbasi oqibatida yoş bola halok bölib, yana olti kişi jarohat olganini xabar qilgan.
Saudiya Arabistonidagi koalitsiya Yamanning Qizil dengizi sohillari va boşqa hududlari böylab husiyçilarga qarşi yuriş qilayotgan hukumat kuçlarini havodan qöllab-quvvatlamoqda.
Saudiya Arabistoni pozitsiyasi
AFP via Getty Images
Saudiya Arabistoni energetika vaziri, şahzoda Abdul Aziz öz mamlakati bu sinovlarni ortda qoldirişini vaʼda qildi
Mavzuga oid
WPC jahon energetika kongressi yakşanba kuni sönggi bir hafta içida tört marta hujumga uçragan Ar-Riyod aeroportidan taxminan 10 km masofadagi kongress-markazda oçildi.
Saudiya rasmiylariga köra, şu kunlarda mamlakat şimoli-şarqidagi Dammam şahrida joylaşgan qirol Fahd nomidagi xalqaro aeroportga ham hujum qilingan.
Bir neça soat ötib Yamandagi saudiyaliklar boşçiligidagi koalitsiya kuçlari husiyçilar tomonidan Saudiya Arabistoni janubi-ğarbidagi Hamis-Muşayt şahri yönalişida uçirilgan dron va raketani töxtatib qolgani xabar qilindi.
Duşanba kuni Ar-Riyodda WPC kongressi oçilişida nutq sözlagan şahzoda Abdul Aziz hujumlarga qaramay, marosimda iştirok etayotgan mehmonlarga, energetika kompaniyalari rahbarlari hamda hukumat vakillariga minnatdorçilik bildirdi.
«Maʼlumingizki, mamlakatimiz xavfsiz va biz sizning muhofazangiz uçun barça çoralarni köramiz», – degan u.
Şu bilan birga, vazir «energetika xavfsizligi tabiiy kafolatlanmagani»ni taʼkidlagan.
«Sönggi voqealar infratuzilmalarimiz, institutlarimiz, xalqimiz va qiyinçiliklarga qarşi tura oliş qobiliyatimiz uçun sinov bölmoqda», – deya tan oladi u.
Şahzoda Abdul Aziz Saudiya Arabistoni bu sinovlarni yengib ötişiga vaʼda bergan.
«Biz, saudiyaliklar – qörqmas, jangari va qatʼiyatli xalqmiz, – dedi u. – Biz butun dunyoga boşimizga qanday sinovlar kelişidan qatʼi nazar, ularni yengib öta olişimizni isbotlaymiz».
Husiyçilar töxtamoqçi emas
AFP via Getty Images
Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan husiyçilar öz harbiy salohiyatini oşirib, Yaqin Şarqni beqarorlaştiruvçi jiddiy kuçga aylanmoqda.
Hali husiyçilar tomonidan Saudiya şahzodasining bayonotlari yuzasidan munosabat bildirilmadi.
Ammo yakşanba kuni keçqurun husiyçilarning harbiy vakili Yahyo Saria videomurojaat orqali guruh kuçlari Ar-Riyod va Dammamdagi aeroportlarga, şuningdek, Saudiya Arabistonining Şarqiy viloyatidagi ikkita neft-gaz obyektiga raketa zarbalari yöllaganini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, bu Saudiya Arabistonining sönggi 24 soat içida Yaman böylab yöllagan 124 bor aviazarbasiga javob bölgan.
Saria yana bir bor aviakompaniyalar va yölovçilarni Saudiya aeroportlari va mamlakat havo hududidan foydalaniş bilan boğliq xavflar haqida ogohlantirgan. Uning sözlariga köra, musulmonlar uçun muqaddas bölgan Makka va Madina şaharlariga parvozlar bundan mustasno.
U husiyçilar kuçlari «Saudiya Arabistoni hududining içkarisida „blokadaga qarşi blokada“ va „eskalatsiyaga qarşi eskalatsiya“ tamoyili asosida harakat qilib, tajovuz töxtamagunça va Yamanning aziz xalqiga qarşi qamal bekor qilinmaguniça saudiyalik duşmanlarning qöşimça kuçlariga zarba berişda davom etişi»ni vaʼda qilgan.
Ar-Riyoddagi aeroportga şanba kuni qilingan hujum xalqaro hamjamiyat tomonidan qattiq qoralanmoqda.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş röy bergan voqeadan «çuqur larzaga tuşgani»ni aytgan va tinç aholiga hamda fuqarolik infratuzilmalariga hujum qiliş xalqaro huquqni buziş ekanidan ogohlantirgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining husiyçilarga qarşi zarbalariga Qöşma Ştatlar ham qöşilişi mumkinligi yuzasida «qaror qabul qilişi»ni aytgan. OAV maʼlumotiga köra, AQŞ harbiylari allaqaçon Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiyaga razvedka maʼlumotlarini taqdim etmoqda va zarbalar uçun nişonlarni tanlaşda yordam bermoqda.
Husiyçilar agar Yamandagi uruşga aralaşadigan bölsa, Qöşma Ştatlar ham tezkor va oğriqli javob qabul qilib olişini bildirgan.
AQŞning Ar-Riyoddagi elçixonasi öz xodimlariga maxsus ruxsatnomasiz Saudiya Arabistoni aeroportlaridan foydalanmaslik böyiça körsatma bergan.
Husiyçilarga qurol-yaroğ yetkazib berişi va ularning jangçilarini harbiy tayyorgarlikdan ötkazgani aytiladigan Eron (Tehrondagilar bu ayblovlarni bir neça bor rad etgan) mojaro keskinlaşuvidan «çuqur xavotirda» ekanini maʼlum qildi va vaziyatni hal qiliş uçun «muloqot va hamkorlik» yölini tanlaşga çaqirdi.
Yamandagi mojaro mohiyati
Yaman uçun vayrongarçiliklar keltirgan fuqarolik uruşi 2014-yilda, husiyçilar poytaxt Sanoni hukumat kuçlaridan tortib olganidan keyin boşlangan. 2015-yilda Saudiya Arabistoni qonuniy hukumatni hokimiyatga qaytariş maqsadida arab davlatlari boşçiligida koalitsiya tuzib, vaziyatga aralaşganidan keyin mojaro yanada kuçaygan.
Sönggi tört yil mobaynida norasmiy sulh amal qildi va vaziyat nisbatan tinç edi, ammo şu yil yozida, husiyçilar Saudiya Arabistonini dengiz orqali qamal qilişni boşlab, Saudiya aeroportlari, neft obyektlari hamda Qizil dengizdagi tankerlarga raketa zarbalari berişni boşlagaç, uşbu mört sulh buzildi.
Husiyçilar bu orqali Saudiya Arabistonining Yaman hududidagi portlar va aeroportlarni blokada qilişi, şuningdek, Sano aeroportiga uyuştirilgan havo hujumiga javob berayotganini taʼkidlagan. Şu bilan birga, Yamandagi rasmiy hukumat Eronning tegişli ruxsatnomaga ega bölmagan samolyoti qönişiga tösqinlik qiliş maqsadida bu zarbani aynan özi amalga oşirganini maʼlum qilgan.
Sentabr oyi boşida esa husiyçilar kutilmaganda Yamanning janubi-ğarbida, Qizil dengiz sohillari böylab hujumga ötdi va hukumat kuçlarini Qizil dengizning janubiy çekkasidagi Bob-al-Mandab böğozini nazorat qiliş imkonini beruvçi hududlardan siqib çiqardi.
Guruh vakillari uşbu böğoz orqali kemalar qatnoviga tahdid qilmasligini maʼlum qilgan, ammo Saudiya Arabistoniga tegişli kemalar böylab zarbalar berişda davom etgan.
Şunga qaramay, böğoz atrofidagi hududlar egallab olinişi jahon bozorida neft narxi keskin oşişiga sabab böldi. AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi Fors körfazidagi Hörmuz böğozi amalda yopilişiga olib kelganidan söng, Saudiya Arabistoni neft eksporti uçun Qizil dengizdan foydalana boşlagandi.
Ötgan hafta Yaman hukumati husiyçilar egallab turgan barça hududlarni öz nazoratiga oliş maqsadida yangi hujum boşlaganini eʼlon qildi.
Hukumat kuçlari Saudiya Arabistonining şiddatli havo hujumlari kömagida Bob al-Mandab böğozi atrofidagi hududlarni tezda qaytarib olişga muvaffaq bölganini daʼvo qildi. Biroq husiyçilar buni rad etmoqda.