Sönggi kunlarda Halabning şarqiy hududlariga berilgan aviazarbalar 23 nafar insonning umriga zomin bölgan, 145 nafari jarohatlangan. "Çegarasiz şifokorlar" (Medecins Sans Frontieres, MSF) insonparvarlik taşkiloti vakillari şunday ma'lumot bergan.
"Oxirgi ikki kunda MSF kömak berayotgan şifoxonalar 145 jabrlanuvçini qabul qilgan, 23 marta ölim holatini qayd etgan", - deyiladi Nyu Yorkda tarqatilgan xabarda.
Aniqlik kiritilişiça, MSF Halabda 8ta şifoxonaga yordam körsatadi. Taşkilot Suriya şimolida ham 8ta tibbiyot muassasasini boşqarib, mamlakat böylab umumiy hisobda 150dan ortiq şifoxona va tibbiyot markazlariga bevosita kömak beradi.












