Özbekiston uçun mobil sohasidagi noyob MobiCon konferensiyasi, mobile-marketing yönalişidagi muvaffaqiyatli misollar, yeçimlar va mutaxassislarga özlari qiziqtirgan savollarni beriş imkoniyatini beruvçi birinçi maydonçaga aylanadi.
MobiCon 2016 xalqaro mobile-only konferensiyasi 2 noyabrda International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) mexmonxonasida bölib ötadi.
Konferentsiyaning asosiy mavzulari:
- Smartfonlar va portativ uskunalar,
- Virtual reallik,
- Mobil texnologiyalar va telekom,
- trendlar,
- mobil marketing va reklama,
- reklama monitoringi va bozorni ölçaş,
- maxalliy mobil xizmatlar,
- messenjerlar va çatbotlar,
- mobil kontent \ OAV,
- mobil tijorat.
Konferentsiyada Green PR SMM agentligining boş direktori Damir Xalilov, Dentsu Aegis Network Kazakhstan rahbari Viktor Yeliseyev, Ledokol Group rahbari Dilşod Muzaffarov, Odnoklassniki.ru xalqaro biznesni rivojlantriş böyiça menejyeri Aleksey Kaşevarov, Yandeks mobil loyihalari rahbari Nikita Fominov, UFOX digital-agentligi rahbari va OMAR itnernet-magazini asosçisi Aleksey Kupreyev, Rocket ta'lim markazi va UFOX SMM agentligi hammuassisi Sergey Serdyukov, Brand.uz direktori Alişer Yusupov, Ucell yangi texnogiyalari guruhi rahbari Rustam Hamdamov, SmartLab rahbari Alişer Elmurodov, Zefir VR rahbari Şaxruz Aşirov, PizzaGame rahbari Maksim Şikov va Global Solutions rahbari Giorgiy Amiranaşvilli iştirok etadi.
Taşkilotçi - Ledokol Group, boş homiy – Beeline Uzbekistan, homiylar – Click mobil banking tizimi va International Monitoring Group, boş axborot hamkori Mail.ru Group, strategik hamkor - UZINFICOM informatsion texnologiyalarni rivojlantiriş va joriy etiş Markazi.
Konferentsiyaga kiriş taklifnomaga asosan.Taklifnomalarni http://mobicon.uz/ saytida bepul röyxatdan ötgandan söng oliş mumkin.











