YuNeSKO 30 oktabr-13 noyabr kunlari Samarqandda 43-Boş konferensiya yuqori darajada taşkil etilgani munosabati bilan Özbekistonga minnatdorlik bildirdi.
«Özbekiston xalqi va hukumatiga yuqori darajadagi qabul, saxovatli mehmondöstlik va konferensiya işining eng yaxşi şaroitlarda ötkazilişini ta’minlaş uçun körilgan barça çoralar uçun çuqur minnatdorçilik bildiramiz», deyiladi YuNeSKO murojaatida.
YuNeSKO Özbekiston hukumatining barça a’zo davlatlar, assotsiatsiyalaşgan a’zolar va kuzatuvçilarning töliq iştirokini ta’minlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaşini bildirdi.
«Özbekiston xalqi va hukumatiga, xususan, Özbekiston Respublikasi prezidenti janobi oliylariga, Boş konferensiya ötkazilişiga körsatgan bebaho yordami, e’tibori va şaxsiy iştiroki uçun taşkilot samimiy va çuqur minnatdorçilik bildiradi. Sessiyaning uzluksiz va samarali işini ta’minlagan barça özbek xizmatlari va xodimlariga ularning ajoyib fidoyiligi va yuqori professionalligi uçun katta rahmat», deyiladi murojaatda.
Şuningdek, taşkilot Özbekistonning madaniy xazinalari — qadimiy sivilizatsiya va boy merosi delegatsiyalar örtasida uyğunlik ruhini mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşganini ta’kidladi.
Murojaat sönggida YuNeSKO Özbekiston xalqi va hukumatiga döstlik, özaro hurmatni izhor qilib, taşkilot bilan xalqaro hamkorlikning kelajagiga işonç bildirişini ma’lum qilgan.













