Unda turli mamlakatlar parlamentlarining yoş aʼzolari, xalqaro taşkilotlar va soha ekspertlari Barqaror rivojlaniş maqsadlarini milliy darajada amalga oşirişda qonun çiqaruvçi hokimiyatning örni va imkoniyatlarini muhokama qildi.
Sessiyani Oliy Majlis Senati raisi, 2030-yilgaça bölgan davrda Barqaror rivojlantiriş sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oşirişni nazorat qiliş böyiça Parlament komissiyasi hamraisi Tanzila Norboyeva oçib berdi.



Taʼkidlanganidek, Özbekistonda sönggi yillarda BRMni amalga oşiriş doirasida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va institutsional yönalişlarda qator natijalarga erişilgan. Jumladan, 2021–2025-yillarda kambağallik darajasi 17 foizdan 5,8 foizga, 2020–2025-yillarda işsizlik darajasi 10,5 foizdan 5,1 foizga tuşgan. Yoşlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasi esa 18,7 foizdan 47,7 foizga yetgan.

Sessiyada parlamentlarning BRMni amalga oşirişdagi asosiy mexanizmlari ham muhokama qilindi. Qonunçilik bazasini takomillaştiriş, davlat dasturlari ijrosi ustidan parlament nazoratini kuçaytiriş, byudjet ustuvorliklarini belgilaş va fuqarolar, xususan, yoşlarni qarorlar qabul qiliş jarayoniga kengroq jalb etiş parlamentlar oldidagi muhim vazifalar sifatida qayd etildi.



Muhokamalarda Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişni jadallaştirişda parlamentlar rolini kuçaytiriş töğrisida»gi hamda «Ijtimoiy rivojlanişni jadallaştirişda parlamentlarning rolini kuçaytiriş töğrisida»gi rezolyutsiyalarning ahamiyatiga ham töxtalib ötildi.










