Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov hayotiga bağişlangan hujjatli filmdan parça tarqatildi. Jurnalist Komiljon Şamsiddinov muallifligida hamda Akrom Mahkamov rejissyorligida suratga olingan bu "E'zoz" nomli filmdan olingan bu parçada Islom Karimov öz ustozi bilan uçraşgani körsatilgan.

1999 yilning 22 dekabri. Hukumat majlislaridan birida 90 yoşga yaqinlaşgan otaxon otaşin nutq sözladi. 

“Men 63 yil öqituvçilik qildim, oradan 45 yil ötib, öquvçilarim, ya'ni sizning sinfdoşlaringizning umumiy tuşgan suratini taqdim etaman”. 

U şunday deb Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovga özi bilan olib kelgan fotojamlanmani taqdim etdi. Butun zalni qarsak, olqiş ovozi tutdi.

Bu Islom Karimovni öqitgan, unga harf tanitgan, ilm yölida qölini tutgan ustozi edi...