Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi (ÖIHHQJF) delegatsiyasi joriy yilning 22-26 sentabr kunlari Ozarboyjon Ozod iste'molçilar ittifoqi (OOII) taklifiga binoan Ozarboyjon Respublikasiga safar qildi.
Safar çoğida ÖIHHQJF bilan OOII örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Unga köra, tomonlar özaro axborot almaşiş, qöşma loyihalar va dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş, mutaxassis va delegatsiyalar almaşuvi, birgalikda uçraşuv, konferensiya, seminar va simpoziumlar taşkil qiliş töğrisida kelişib oldi.
Memorandumni imzolaş marosimida sözga çiqqan ÖIHHQJF raisi Jahongir Sarimsoqov, iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş masalalari böyiça ikki tomonlama va xalqaro taşkilotlar doirasida hamkorlik qiliş Federatsiya tarkibiga kiruvçi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlarini faoliyatini jahon tajribasiga asoslangan holda takomillaştiriş va iste'mol madaniyatini oşirişga yordam beradi.
Öz navbatida, OOII raisi E.Huseynov bugungi kunda har bir mamlakatning içki bozorida ham transmilliy korporatsiyalarning, ham çet el kompaniyalarining tovarlari sotilayotganini hamda öz mamlakati iste'molçilari huquqlarini himoya qiliş uçun tajriba va axborot almaşiş, şuningdek, çet el va xalqaro taşkilotlarning hamkorligi zarur ekanini qayd etdi.













