Pokiston tomonining artilleriya hujumi oqibatida Hindistonning uçta çegara posti yöq qilindi va 21 nafar harbiy xizmatçisi halok bölgan. Bu haqda 29 sentabr kuni Pokistonning Dunya News telekanali xabar bergan.

Vaziyatga nisbatan Hindiston tomonining biror-bir rasmiy javobi bölgani haqida xabar qilinmagan.

29 sentabr tongida Pokiston armiyasi matbuot xizmati Kaşmir çegarasida hind harbiylari tomonidan qurolli hujum bölgani haqida xabar bergan edi.

Ikki örtadagi janglar mahalliy vaqt bilan 02:30da boşlangan va 6 soat davom etgan. Oqibatda pokistonlik 2 nafar askar halok bölgan.

RIA Novosti agentligi xabariga köra, Nyu-Deli, öz navbatida, öt oçişni töxtatiş rejimini buzganligini inkor etmoqda va barça aybni Pokistondan körmoqda.