Britaniyalik deputat Pol Flinn şotlandiyalik boksçi Endi Touell jangda olingan jarohatlar sababli 1 oktabrda vafot etgandan keyin boks qoidalarini özgartirişni talab qilib çiqdi, deb xabar bermoqda The Guardian.

"Boksning yagona maqsadi – raqibni behuş holatga keltiriş. Biz bu sport turi qoidasini özgartirişga majburmiz va oxir-oqibat boş – tananing eng zaif a'zosi ekanligini anglaşimiz kerak. Bizning vazifa sportçilarni himoyalaş va zarbalar oqibatida boşga yetkaziladigan jarohatlar sonini minimallaştirişdan iborat", deb aytdi Flinn.

Öz navbatida, Britaniya tibbiyot uyuşmasi va Butunjahon tibbiyot uyuşmasi boksni taqiqlaşga çaqirmoqda.

1 oktabrda Touell Deyl Evansga qarşi jangda olgan jarohatlardan şifoxonada vafot etdi. Jangning 1-raundida Evans Touellni nokdaunga, 5-raundda esa nokautga yuborgan. Şundan keyin jang töxtatilib, Touell ringdan zambillarda olib ketilgan va şifoxonaga yetkazilgan. Afsuski, şifokorlar uning hayotini saqlab qolişa olmagan.

Keyinroq ma'lum bölişiça, boksçi oxirgi bir neça hafta boş oğriqlaridan şikoyat qilib yurgan, biroq uning yon atrofidagilar buni jang oldidan stressga yöyişgan.