Buyuk Britaniyadagi turmalardan birining mahbuslari turmani ostin-ustun qilişdi. Mahbuslarning boş kötarişiga mahbuslardan biriga tegişli oğmaxon (xomyak)ning ölimi sabablardan biri qilib körsatilgan. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda.
Tartibsizliklarda bir kamerada saqlangan 4 mahbus iştirok etgan. Ular turmadagi mebel, şamçiroqlarni vayron qilişgan, söngra qavatlar orasida tortilgan himoya töriga çiqib, öşa yerda ötirişgan. "Ular özlari bilan matras, stul, yegulik, tamaki va hattoki "Monopoliya" öyinini birga olvolişgan. Bundan körinişiça, ular u yerda uzoq vaqt qolişga qaror qilişgan", deb aytdi prokuror Gordon Aspden.
Mahbuslar kameralardagi tintuvlardan şikoyat qilişgan, 23 yoşli mahbus Kayl Bleki esa oğmaxoni ölganidan qayğudaligini aytgan.
Buyuk Britaniyada intizomli mahbuslarga kamerada jonzotlar saqlaşga ruxsat beriladi. Biroq, naşrning ta'kidlaşiça, oğmaxon qayerda – turmada yoki mahbusning oilasi bilan erkinlikda yaşagani noma'lum.
Isyonni bostiriş uçun 4 soat talab etildi. Undan körilgan zarar 12 ming funt sterlingni taşkil qilgan. Mahbuslar özlarini aybdor deb tan olganlar. Ular turli kameralarga tarqatilgan, keyinroq ularni umuman boşqa-boşqa turmalarga jönatiş rejalaştirildi.












