«Aston Villa» Roberto Di Matteoni jamoa boş murabbiyligidan iste'foga çiqardi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilindi.
«Klub bu qarorga qoniqarsiz natijalar tufayli keldi», — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Ötgan mavsum yakunida «Aston Villa» Premer-ligadan tuşib ketgan va murabbiy Remi Gard işdan ketgandi. Şundan söng jamoaning yangi xöjayinlari italiyalik mutaxassis bilan 2 yillik şartnoma tuzdi.
Klub Çempionşipning ortda qolgan 11 turidan keyin 10 oçko bilan turnir jadvalining 19-örinida ketmoqda. Jamoa 13 avgustdan buyon ğalaba qozonişning uddasidan çiqa olmagan.
Mavsumlar oraliğida «Aston Villa» transferlar uçun 50 million funtga yaqin mablağ sarflagan va bu «Real»ning yozgi transferlardagi xarajatidan 2 barobar köproq bölgandi.
Endilikda jamoani Stiv Klark vaqtinçalik boşqarib turadi.
Birmingemliklar jamoasida Di Matteoning örnini egallaşi mumkin bölgan nomlar orasida Stiv Bryus, Mik Makkarti va «Haddersfild» boş murabbiyi Devid Vagner nomlari tilga olinmoqda.
Manba: Tribuna.uz












