«Pari Sen-Jermen» (Fransiya) va «Aston Villa» (Angliya) UYeFA superkubogida töqnaş keldi.

Avvaliga fransuz klubidan Xviça Kvaratsxeliya 20-daqiqada hisobni oçdi, 45-daqiqada esa ingliz jamoasidan Brayan Madjo hisobni tenglaştirdi. 61-daqiqada esa Dezire Due yana «Pari Sen-Jermen»ni hisobda oldinga olib çiqdi.

Şunday qilib, «Pari Sen-Jermen» raqibini 2:1 hisobida mağlub etdi va ketma-ket ikkinçi yil superkubok ğolibiga aylandi.

UYeFA superkubogida Çempionlar ligasi va Yevropa ligasi ğolibi kuç sinaşadi. Avvalroq, «PSJ» Çempionlar ligasi finalida Angliyaning «Arsenal» klubini (1:1, penaltilar seriyasida 4:3) mağlub etgan bölsa, Yevropa ligasi finalida «Aston Villa» Germaniyaning «Frayburg» jamoasini 3:0 hisobida mağlub etgan edi.

Superkubok 1972-yildan beri muntazam ravişda ötkazilmoqda. Hozirga qadar Ispaniyaning «Real Madrid» jamoasi uni 6-marta qölga kiritgan.

Şuningdek, Ispaniyaning «Barselona» va Italiyaning «Milan» jamoalari 5-marta, Angliyaning «Liverpul» klubi 4-marta, Niderlandiyaning «Ayaks» va Ispaniyaning «Atletiko Madrid» jamoalari 3-marta, Angliyaning «Çelsi», Germaniyaning «Bavariya», Belgiyaning «Anderlext», Ispaniyaning «Valensiya» va Italiyaning «Yuventus» jamoalari 2-martadan kubokni qölga kiritgan.