Jismonan soğlom, ma'nan barkamol avlod har qanday jamiyatning mustahkam poydevoridir. Şundanmi, sport bilan muntazam şuğullanib kelayotgan yoşlarning soni kun sayin oşib bormoqda. Quvonarlisi, nafaqat yoşlar, balki kattalar ham sportning turli yönalişlari bilan şuğullanib kelişayotgani bizni quvontiradi. Yoşlar taşkiloti tomonidan bu borada salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, yoşlar velomarofoni ham bugungi kunda ularni soğlom turmuş tarzi, toza ekologik transport tarafdori sari birlaştirayotgan muhim loyihalardan biri. 

Özbekiston “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengaşining 2015-yil 10- dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasida 2016-yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar dasturi”ning 60-bandiga muvofiq, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, velosport turini ommalaştirişga qaratilgan “Kamolot–Tur” IX Respublika yoşlar velomarafonini taşkil etiş belgilangan.
Bugun erta tongdan kuzning salqin, toza havosidan kuç-quvvat olgan yoşlar Toşkent şahri Glinka köçasiga yiğilişdi. Çunki, Toşkent şahrida “Kamolot–Tur” IX Respublika yoşlar velomarafonining Respublika bosqiçiga start beriladi. Ular «Paxtakor» Markaziy öyingohigaça bölgan 14 kilometrlik masofani bosib ötişlari kerak.

Tadbir Harakat tomonidan 2008-yildan buyon an'anaviy tarzda ötkazilib kelinadi. Öşa yili atigi 500 nafar havaskor sportçilar iştirok etgan. 2015-yilga kelib esa 27 ming iştirokçi ekologik toza sport turiga iştirok etgan.

Velomarafondan közlangan asosiy maqsad — yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yoşlarni sportga ommaviy ravişda jalb qiliş, ular örtasida özaro döstlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, havaskor ösmir-yoşlar örtasida velosport turiga qiziqişni orttiriş hamda yoşlar örtasida ekologik toza transportni tarğib etiş va ommalaştirişdan iborat.
Eslatib ötamiz, joriy yil avgust oyining uçinçi ön kunligida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, Özbekiston ekologik harakati, Madaniyat va sport işlari vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamda Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi hamkorligida “Kamolot-Tur” IX yoşlar velomarafonining mahalliy bosqiçlari taşkil etildi.

Respublika böyiça jami 193 ta tuman (şahar)larda ötkazilgan velomarafonning mahalliy bosqiçlarida 31,6 ming nafardan ortiq havaskor velosportçilar uçta yoş (9-14, 15-17, 18-30) toifalarida iştirok etişdi.
Musobaqaning hududiy bosqiçlari joriy yilning sentabr oyida ötkazilib, unda uçta yoş toifalari böyiça 1 ming 737 nafar mahalliy bosqiçda ğolib bölgan havaskor velosportçi yoşlar iştirok etdi. Hududiy bosqiçlarda ğolib bölgan 42 nafar yigit-qizlar velomarafonning Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.

Ma'lumot örnida aytiş mumkinki, musobaqaning hududiy bosqiçlarida “Eng yoş iştirokçi öğil bola”, “Eng yoş iştirokçi qiz bola”, “Eng irodali iştirokçi”, “Eng mahoratli texnik iştirokçi”, “Faxriy iştirokçi” nominatsiyalari ğoliblari hamkorlar tomonidan taqdirlangan edi.

Bugun biz bir-biridan soğlom, körkam, baquvvat, ma'nan yetuk sportsevarlarga omad tilaymiz. Tilagimiz hamma baravar finişga yetib kelsin!!! Biz bilan qoling va hademay ğoliblar bilan tanişasiz!

G. Aşurova,
Foto: J.Vafoyev