Kolumbiyada ötgan umummilliy referendum natijalariga köra, kolumbiyaliklarning yarmidan köpi "Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuçlari" (FARK) bilan tinçlik sulhini tuzişga qarşi çiqdilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
99,95 foiz ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin sulhni 49,76 foiz odam ma'qulladi, 50,23 foiz odam unga qarşi ovoz berdi.
Kolumbiya va FARK avvalroq 52 yillik kuraşdan keyin tinçlik sulhini imzolagandi. Kelişuv qabul qilingandan keyin kolumbiyaliklarning fikrini biliş uçun referendum ötkazişga qaror qilingan.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos agar mamlakat fuqarolari kelişuvga qarşi çiqsalar, unda zaxira reja yöqligini va FARKka qarşi jangovor harakatlarni davom ettirişga majbur bölişini aytgan.












