Britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetç “Şerlok” serialining yakuniga yetiş ehtimoli borligini aytdi. GQ jurnaliga bergan intervyusida u yaratuvçilar loyihaga “heç qaçon” demasligini, lekin 4-fasldan keyin uning taqdiri noaniqligini ta'kidladi.
“Töğrisini aytganda, serialning davri poyoniga yetayotganga öxşaydi. Biz tölaqonli, yakunlangan film yaratdik, şu bois biroz vaqt kuzatamiz”, - dedi aktyor.
Kamberbetç Şerlokning roliga qaytiş uçun doim tayyor ekanligi va bu obrazdan butkul voz keçiş haqida öylagisi kelmayotganini qöşimça qildi.
Bugungi kunga kelib, serialning uç fasli ekran yuzini kördi. Törtinçi fasl premerasi 2017 yilning yanvariga möljallangan.
“Şerlok” teleseriali 2010 yilning iyul oyidan buyon BBC One’dan efirga uzatiladi. Uşbu serial Rossiyaning Birinçi kanalida ham namoyiş qilinadi. Artur Konan-Doyl asaridagi voqealar zamonaviy Londonga köçiriladi. Kamberbetçdan taşqari boş rollarda Martin Frimen (doktor Vatson), Rupert Greyvs (inspektor Lestreyd), Endryu Skott (Moriarti) va Una Stabbs (Xadson xonim) namoyon bölgan. 2016 yilda “Şerlok”ning maxsus soni “Eng yaxşi telefilm” yönalişida Emmi mukofotini qölga kiritdi.












