Moskva viloyatida ikki nafar yuqori sinf öquvçisi 12 yoşli maktab bolasini şafqatsizlarça öldirganlikda gumonlanyapti. Rossiya ommaviy axborot vositalari va huquq-tartibot idoralari maʼlumotlariga köra, qizlar jinoyatni sodir etişda maşhur «Kalmar öyini» serialidan ilhomlangan bölişi mumkin.

Voqea tafsilotlari

26-avgust kuni 12 yoşli bola Kabanovo qişloğida bedarak yöqoladi. Dastlab bunga jiddiy eʼtibor qaratilmaydi, qidiriv işlari ham köngillilar guruhi tomonidan amalga oşiriladi. Oradan bir kun ötib uning jasadi köplab piçoq jarohatlari bilan mahalliy kasb-hunar bilim yurtining taşlandiq yotoqxonasi yertölasidan topiladi. Jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib bolaning qöşnilari bölgan 15 va 16 yoşli ikki nafar qiz qölga olinadi. 

Telegram-kanallar va OAV özining huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berişiça, yuqori sinf öquvçilari qotillikni reja asosida amalga oşirgan, ularda oldindan tayyorlangan piçoq va qölqoplar ham bölgani aytilyapti. Bola yöqolgan kuni qizlar uni «pivo içiş» bahonasida sayrga çaqirgan va taşlandiq binoga aldab olib kirgan.

«Komsomolskaya pravda»ning  politsiyadagi manbasiga köra, qotillar «odamlar qanday ölişini» körmoqçi bölişgan. Baʼzi manbalar esa qizlar qandaydir «video çellenj»ni bajargan holda qotillikni telefonga tasvirga olganini iddao qilyapti. Boşqalar esa izni yaşiriş maqsadida gumondorlar ataylab özlari bilan mobil qurilmalarini olmaganini aytgan. Jinoyatdan söng ular xotirjamlik bilan uylariga tarqalişgan.

Serial taʼsiri

Tergov versiyalaridan biriga köra, ösmir qizlar «Kalmar öyini» serialiga qattiq qiziqqan. Ulardan birining uyida serialga oid plakatlar osilgani, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida esa kinodagi odam öldiriş sahnalari jamlangan videolar bölgani aniqlangan.

Halok bölgan bolaning onasi «msk1» naşriga bergan intervyusida qölga olinganlar boşqa qotilliklarni ham rejalaştirganiga urğu bergan.
«Bu yakuniy xulosalarmi yoki tergovçilarning fikrimi aniq  bilmayman. Ular bunday xulosaga kelişiga qizlardan birining xonasida «Kalmar öyini» serial posterlari osilgani sabab bölgan”, degan u.

Şuningdek, qizlarning yonidan 50 kişilik röyxat topilgani va qurbon bölgan bola ham öşa röyxatda bölgani xabar qilinyapti.