Bugungi kunda seriallar millionlab tomoşabinlar, ayniqsa ayollar auditoriyasi uçun kundalik hayotning bir qismiga aylangan. Uy işlari, ta’lim yoki işdan söng ekran qarşisida serial tomoşa qiliş köpçilik ayollar uçun dam oliş, hordiq çiqariş va özini hissiy jihatdan quvvatlaşning sinovdan ötgan usuliga aylangan.
Emotsional ehtiyoj va real hayotdan uziliş
Psixologlar fikriça, seriallarning ommalaşuvi ortidagi asosiy sabab — insondagi hissiy aloqalarga bölgan ehtiyoj. Seriallar tomoşabinga nafaqat qiziqarli voqealarni, balki orzu qilingan munosabatlar, yeçimini topa olmagan muammolar yoki hayotda bölmagan tajribalarni ham “boşdan keçiriş” imkonini beradi. Ayniqsa, yolğizlikni his qiluvçi, ruhiy çarçoqdagi yoki öz şaxsiy hayotidan qoniqmagan ayollar seriallarda öziga yaqin syujyetlarni topişi mumkin.
Psixologlar bu holatni quyidagiça izohlaşadi:
“Serial bu — real hayotdagi murakkabliklardan vaqtinça uziliş va tasavvurlar orqali ruhiy yukni yengillaştiriş usuli. Lekin bu vaqtinçalik yengillik. Agar inson töliq ekrandagi voqelik bilan yaşay boşlasa, bu hayotdagi aniq qadamlarni keçiktiradi”.
Psixologlarga köra, kundalik ravişda serial köradigan ayollar köpinça real hayotdagi muammolarga nisbatan yopiqroq böladi. Ular vaqt ötişi bilan şaxsiy munosabatlarda ortiqça talabçanlikka yoki ideallaştirişga moyil bölib qolişadi. Bu esa turmuşdagi qarama-qarşiliklarni qabul qila olmaslik, hayotdagi “kamçiliklar”ga toqatsizlik kabi holatlarga olib kelişi mumkin.
Psixolog, psixoterapevt Zebuniso Ahmedovaga köra, inson körayotgan serial uning ongiga joylaşadi:
“Namoyiş etilayotgan seriallar bir insonning ongostiga joylanayotgan psixologik dasturlardir. Buni psixologiya tilida “neyrolingvistik dasturlaş metodi” deymiz. Agar bir inson hayoti davomida nafratlanadigan obrazni körmagan bölsa, bunday toifadagi odam bilan uçraşmagan bölsa, u serial orqali şu obraz bilan tanişadi. Keyin bu ham inson, xavfli vaziyatlarda nima qilişni bilmadi, adaşdi, deb inson şu obrazga hamdard bölib qoladi. Bu tanişuvdan keyin döstlaşuv paydo böladi, undan keyin hamdardlik yuzaga keladi. Söng inson özi şunaqa voqea-hodisaga duçor bölganida, hamdard bölgan insonining xatti-harakatini takrorlaş holati paydo bölişi mumkin”.












