Xitoyda ötayotgan XVIII Xalqaro Pekin festivalida 24 davlatdan 200 dan ziyod san'atkor iştirok etayapti. Markaziy Osiyodan faqat Özbekiston san'atkorlari taklif qilingan mazkur festival 1 oktabr kuni boşlandi.
Botir Qodirov ijodiy jamoasi, “Sirdaryo navolari” raqs dastasi hamda taniqli raqqosa Parizodadan iborat ansambl beş kun mobaynida xorijlik professional san'atkorlar bilan Xalqaro Pekin festivalida iştirok etmoqda.

Oçiliş marosimi Pekin şahrining Xalqaro Olimpiya maydoni hududida bölib ötdi. Unda Şahar rasmiylari, mehmonlar va Özbekiston Respublikasining Xitoydagi elçisi va elçixona xodimlari iştirok etişdi. Botir Qodirov boşçiligidagi ijodiy guruh mezbon davlat san'atkorlaridan keyin birinçi bölib sahnaga çiqişdi.
Festivalning oçiliş marosimi musiqiy paradga ulanib ketdi. Festival mehmonlari qadimiy va jozibakor milliy san'atimizdan bahramand böldi va olqişlar bilan san'atkorlarimizni qöllab-quvvatlaşdi. Festival davom etmoqda.












