Qayd qilinişiça, festival muddati 2018 yildagi 3 kundan 2025 yilda 40 kunga uzaytirilgani natijasida xorijlik sayyohlar soni 25 mingdan 800 mingga, mahalliy turistlar esa 6,4 million nafarga yetdi.

Ta’kidlanişiça, navbatdagi maqsad – 50 dan ortiq davlatdan 1 million nafar xorijiy va 7 million nafar mahalliy turistni jalb etiş, 150 dan ziyod tadbir ötkaziş hamda xizmatlar hajmini 8 trillion sömga yetkaziş.

Joriy yil 24 maydan 12 iyulga qadar davom etadigan 65-xalqaro gullar festivali “Ginnessning rekordlar kitobi”ga rasman kiritildi - 29 milliondan ziyod gul köçati qölda ekildi. Natijada jahon rekordi qayd etildi.

Namangan şahrining 45 ta mahallasi gulçilikka ixtisoslaştirilib, 16 ming xonadon qamrab olindi, 21 ming nafar aholining bandligi ta’minlandi. Uşbu xonadon tomorqalarida mart-aprel oylarida 4 ming 683 ta issiqxona taşkil etilib, 120 million dona gul köçati yetiştirildi. Odamlar qöşimça 300 milliard söm daromadga ega böldi.
Davlat rahbari festival doirasida barpo etilgan gul kompozitsiyalari, mavzuli maydonlar va körgazmalarni közdan keçirdi. Gulçilik bilan şuğullanayotgan aholi, tadbirkorlar, festival iştirokçilari va mehmonlarni qutladi.











