Turizm qömitasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan taşkil etilayotgan festival mamlakatning turizm salohiyatini tarğib qiliş, şuningdek, Xorazm viloyatiga xorijiy va mahalliy sayyohlarni köproq jalb etişga qaratilgan.

Festival doirasida Xorazm viloyatining şahar va tumanlari öz hududlarida yetiştirilgan turli navdagi qovunlarning körgazma-savdosini taşkil etadi. Buning uçun hududlarning öziga xos xususiyatlarini aks ettiruvçi pavilonlar bayramona bezatiladi.

Şuningdek, mehmonlar uçun teatrlaştirilgan sahnalar, qöğirçoq teatri va milliy liboslar namoyişi ötkaziladi. Milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandçilik mahsulotlari körgazmalari ham taşkil etiladi.

Festival dasturidan badiiy jamoalar va folklor guruhlarining jonli çiqişlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san’at asarlari körgazmalari ham örin olgan.

«Qovun sayli»da faol iştirok etganlar turli nominatsiyalar böyiça Xorazm viloyati hokimligi va homiylarning qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlanadi.

Festivalning asosiy tadbirlaridan biri rossiyalik xonanda MakSim konserti böladi. U 8 avgust kuni «Arda Xiva» turizm majmuasida konsert dasturi bilan çiqiş qiladi. Tadbirga kiriş bepul.