2016 yilning 4 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Bryussel şahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” şaklidagi mintaqalararo uçraşuvda iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bergan.

Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Yevroittifoqning taşqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan iqtisodiy rivojlanişning turli jabhalariga urğu bergan holda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Yalpi majlis doirasida hamda boşqa şakllarda mintaqaviy va xalqaro muammolar, xavfsizlik va ekstremizmga qarşi kuraş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.