Xalqaro valyuta jamğarmasi 2016 yilda Özbekiston yalpi içki mahsuloti ösiş sur'atlari prognozini 1 foizga oşirdi.

Taşkilotning oktabrdagi "Jahon iqtisodiyoti rivojlanişi istiqbollari" deb nomlangan hisobotiga köra, Özbekiston YaIMning 2016 yildagi ösişi 6 foizni taşkil qiladi. Avvalroq jamğarma Özbekiston YaIM joriy yilda 5 foizga ösişini prognoz qilgan.

XVJ mutaxassislari prognozlariga köra, Özbekiston YaIM 2017 yilda ham 6 foizga ösadi. Avvalroq bu körsatkiç 5,5 foiz darajasida prognoz qilingandi.

XVJning ta'kidlaşiça, sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qiliş dasturini amalga oşiriş Özbekiston iqtisodiyoti ösişi sur'atlarini saqlab qoladi, biroq asosiy eksport mahsulotlariga nomaqbul narxlar iqtisodiy körsatkiçlarga ta'sir körsatişi mumkin. 

XVJ hisobotida ta'kidlanişiça, Özbekistonda inflyatsiya miqdori 2016 yilda 8 foizni, 2017 yilda esa 9,8 foizni taşkil qiladi.

2016 yilda tölov balansining joriy hisobi saldosi Özbekiston YaIMga nisbatan 0,1 foizni, 2017 yilda 0,2 foizni taşkil qilişi prognoz qilinmoqda.