Kun.uz iqtisodçi Mirkomil Xolboyev öz Telegram-kanalida joylagan postini keltirib ötadi:

Yangi maqsadlarga köra, 2030-yilda iqtisodiyotimiz oldingi maqsad qilingani kabi 240 mlrd dollar emas, balki 300 mlrd dollarga yetişi kutilmoqda.

XVJning prognozlariga köra, mamlakatimiz iqtisodiyot 2030-yilda 273,4 mlrd dollarga, 2031-yilda esa 301 mlrd dollarga yetişini prognoz qilingan. Bunda, 2026-2031 yillarda iqtisodiyotimizning yillik dollardagi örtaça nominal ösişi 12,7 foizni taşkil etadi. XVJ 2026-yilda iqtisodiyotimiz 23,4 foizga kengayişini kutayotgan bölsa, kelayotgan yillarda ösiş 10 foiz atrofida barqarorlaşişi prognoz qilinmoqda.

Taʼkidlaş kerakki, yangi marra, yaʼni iqtisodiyotimizni 2030-yilda 300 mlrd dollarga yetkaziş XVJ kabi nufuzli xalqaro taşkilotlarning prognozlaridan unçalik uzoq emas.

2025-yilda iqtisodiyotimizning nominal ösişi 21,1 foizni taşkil etdi. Joriy yilning birinçi yarim yilligida esa, dollardagi nominal YaIMning ösişi 26,8 foizgaça tezlaşgan. Bunda, real iqtisodiy ösişning 1,3 foiz bandga tezlaşişi, ösişni tezlaştiruvçi bir faktor bölib xizmat qilgan bölsa, söm örtaça kursining 6,1 foizga mustahkamlanişi ösiş tezlaşişida hissa qöşgan ikkinçi muhim faktor bölgan. Agar yil sönggigaça yarim yillikdagi ösiş surʼati saqlanib qolsa