Joriy yilning 27-30 sentabr kunlari Ozarboyjonning Ganja şahrida xalqaro yoşlar festivali bölib ötdi. Mazkur tadbirda Ozarboyjon davlati bilan bir qatorda Özbekiston, Qozoğiston, Turkmaniston, Qirğiziston va Turkiya mamlakatlari vakillari qatnaşişdi, Qatar yoşlari esa tadbir mehmoni sifatida iştirok etişdi.

Ozarboyjon Respublikasining Ganja şahrida bölib ötgan xalqaro yoşlar festivalida mamlakatimiz nomidan “Özbegim yoşlari” musiqiy guruhi iştirok etdi. Özbekiston yoşlari san'atini Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon Madaniyat markazi qöllab-quvvatladi.

Festivalning asosiy maqsadi  yoşlarning özaro tajriba almaşinuvi va xalqaro hamkorlikni kengaytirişdan iborat.

Şuni ta'kidlaş joizki, tadbir doirasida yoşlar orasida uçraşuv bölib ötdi, har bir mamlakat yoşlari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar namoyişi bölib ötdi, ular erişgan yutuqlarga doir onlayn-tadbir ötkazildi.

Bundan taşqari, mamlakatlar vakillari ijodkor yoşlar iştirokidagi konsertda qatnaşişdi, yoş suratkaşlar körgazmasi taşkil etildi. 

“Özbegim yoşlari” musiqiy guruhining çiqişi Ozarboyjonda katta qiziqiş va olqişlar bilan kutib olindi. Hakamlar hay'ati özbekistonlik guruhni “Eng yaxşi çiqiş va ijro” uçun mukofotladi, Ganja şahar Ijroiya hokimiyati rahbari Elmar Veliyev musiqiy guruhni şaxsan taqdirladi.

Özbekiston yoşlari köplab musiqiy va raqs nomerlari bilan iştirok etişdi. Markaziy Osiyoda eng boy madaniy va musiqiy merosga ega Özbekiston vakillarining çiqişi Ozarboyjonda katta olqişlar bilan kutib olindi. Şunisi e'tiborga molikki, Ozarboyjon va Özbekiston yoşlari birgalikda ajoyib raqs ijro etişdi.

Kontsertdagi tomoşabinlar orasida Özbekistondan V Boku Global Forumiga taşrif buyurgan delegatsiya ham bor edi.

Bundan taşqari, mehmonlar Ozarboyjonning buyuk şoiri Nizomiy Ganjaviy maqbarasi, şuningdek Ozarboyjonning jahon mö'jizasi – özining jozibasi bilan şuhrat qozongan Kökköl Milliy parkini ziyorat qilişdi.

“Özbekiston yoşlari” ansambli rahbari, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Lutfiyaxonim Röziboyevaning sözlariga köra, uşbu jamoa 11 yil avval taşkil topgan. Ansambl dunyoning 19 mamlakatida öz san'atini namoyiş qilib qaytgan. “Özbegim yoşlari”ning maqsadi –  özbek qöşiqçiligi va raqs san'atini dunyoga yetkaziş, şuningdek milliy liboslarimizni namoyon qilişdan iborat.