AQŞ hukumati jamoatçilik bilan aloqalar, jumladan reklama şartnomalari va mutaxassisilar iş haqi uçun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi. Bu haqida AQŞ Kongressining hisobot boş boşqarmasi ma'lumotiga asoslanib, TASS agentligi xabari berdi.
"Federal hukumat jamoatçilik bilan aloqalar uçun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi: bundan 1 milliard dollar reklama va piar-şartnomalarga, yana 500 million dollar jamoatçilik bilan aloqa olib boruvçi 5 ming davlat xizmatçisining maoşiga yönaltirilgan", - deya qayd etiladi hisobotda.
Hujjatda ta'kidlanişiça, sönggi ön yillikda Vaşington reklama va piar-şartnomalariga har yili 800 million dollardan 1,3 milliard dollargaça sarf qilgan. Muzokaralar federal hukumat faoliyatini nafaqat televideniye, radio va yangiliklar lentasi orqali, balki elektron poçta, internet saytlari, bloglar, matnli xabarlar, şuningdek Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham yoritişni közda tutadi. Kongressda ta'kidlanişiça, jamoatçilik bilan aloqalar uçun javob beruvçi davlat xizmatçilarining örtaça oylik maoşi taxminan 7,5 ming dollarni taşkil qilgan.












