AQŞdagi saylov natijalari elektoratning Tramp faoliyatidan noroziligini bevosita körsatmoqda. Bu haqda The Guardian naşri yozdi.
Naşrning taʼkidlaşiça, endi demokratlar prezident va uning maʼmuriyati aʼzolari faoliyatini tergov qiliş, şuningdek, Respublikaçilar partiyasidan sudyalar tayinlanişiga tösqinlik qiliş imkoniyatiga ega böladi. Natijalarning naqadar ayançli bölgani esa allaqaçon Trampni demokratlar ğalabasini tan olişga majbur qildi. Garçi AQŞ prezidenti mikrofon oldida balandparvoz bayonotlar berib va ijtimoiy tarmoqlarda katta harflar bilan yozib, bu natijalardan şikoyat qilişda davom etişi mumkin bölsa-da, buning biror narsaga taʼsir körsatişi dargumon.
Uning prezidentlik muddatining keyingi ikki yili avvalgilariga umuman öxşamaydigan böladi, deb hisoblaydi naşr. Ikkinçi prezidentlik muddatining dastlabki oylarida Tramp Amerikada avtoritar rejimni mustahkamlaş uçun qölidan kelgan barça işni qildi. U federal byurokratiyani «tozalab», u yerga özining sodiq odamlari va «layoqatsiz malaylarini» ötqazdi. U Kongressdan moliya ustidan nazoratni tortib oldi. Naşrning fikriça, dastlabki ikki yil davomida Tramp odamlarni öziga böysundiriş uçun barça çoralarni körişga uringan. Biroq saylov natijalari u buning uddasidan çiqa olmaganini körsatdi.
Tramp 2027-yilga öziga duşman kayfiyatdagi Kongress, maʼqullaş reytingining keskin pasayişi va vakolat muddatining çeklovi bilan kirib boradi. Bundan taşqari, Trampni Erondagi uruş fonida yuzaga kelgan böliniş sababli öz partiyasida ham qiyinçiliklar kutmoqda. Respublikaçilarning bir qismi esa öz kelajagini mustahkamlaşga urinib, unga qarşi boş kötara boşlaydi, deb hisoblaydi naşr.
«Trampning kuçi doimo uning respublikaçilar elektorati ustidan göyoki çeksizdek köringan hokimiyatiga asoslangan edi. Uning xarizmasi saylovçilarni uning ortidan istalgan joyga ergaşişga majbur qila olişida edi. Seşanba oqşomida demokratlar erişgan ğalabalardan xulosa qiladigan bölsak, odamlar endi uning ortidan ergaşmayapti», – deb xulosa qildi naşr.
Avvalroq Sky News naşri AQŞdagi saylov natijalari nimani anglatişini tuşuntirib berişga uringan edi. Xususan, respublikaçilarning saylovdagi mağlubiyati Trampni xalqaro maydonda yanada faolroq harakat qilişga undaşi mumkin. Naşrning fikriça, köproq tinçlik bitimlari tuzişga intiliş, şuningdek, dunyo diktatorlari bilan uçraşuvlardan taşqari, Tramp Eron bilan uruşni kuçaytirişi yoki hatto yangi mojarolarni boşlaşi mumkin.












