Yangiqörğon tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan birining raisi Malikjon Qoraboyev (ism-familiyalar özgartirilgan)ning jinoiy qilmişlari tafsiloti ayrim e'tirozlarga sabab böldi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
2015 yilning kuz kunlaridan birida M.Qoraboyev hamqişloği Ismoil Saidovni uçratib qoladi. I.Saidov unga yer kerak ekanligini aytadi. Oradan ma'lum bir kun ötib, M.Qoraboyev I.Saidovni öz xonasiga çaqirtiradi.
Unga “Vodiy gavhari” fermer xöjaligi yer maydonidan bir gektarini fermer bilan kelişgan holda nomiga rasmiylaştirib berişini, faqat buning uçun 1500 AQŞ dollari xarajati bor ekanligini aytadi.
I.Saidov ertasi kuni aytilgan pullarni olib kelib beradi.
Biroq oradan oylar ötsa hamki, M.Qoraboyev va'dasining ustidan çiqavermaydi. U payt poylab I.Saidovdan yana bir million pul söraydi. Ismoil unga aytilingan summani emas, balki sakkiz yuz ming berayotganda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olinadi.
Uşbu holat yuzasidan M.Qoraboyevga tegişli qonuniy çora körildi.











