Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Farğona şahri bölimi tergovçisi 100 ming dollar pora olişda gumonlanib uşlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
U Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida olib borilayotgan tergov harakatlarini ayblanuvçi foydasiga hal qiliş va yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirişni vaʼda qilgan. Bundan taşqari, u eʼlon qilingan qidiruvni bekor qilib bermoqçi bölgan.
Holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi (Juda köp miqdorda pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












