Toşkent şahar hokimligida «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi qonun ijrosini ta'minlaşga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Unda Sergeli tumanining işlab çiqariş salohiyati, olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, investitsiya imkoniyatlari, hududda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, yangi iş örinlari yaratiş, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş masalalari xususida söz yuritildi.

Sergeli tumani hokimi F.Maqsudxöjayev yirik dasturlardan biri – Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 köp qavatli uyning bunyod etilişi bilan boğliq loyiha işlab çiqilganiga alohida töxtaldi. Bu ulkan loyihaning amalga oşirilişi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bölgan ehtiyojini qondiriş imkonini yaratadi.

Tumanda yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari, madaniy-maişiy obektlar bunyod etiş, yer usti tezyurar metro yönalişlari qurilişini loyihalaştiriş işlarini jadallaştiriş borasida muayyan işlar amalga oşirilmoqda.

Tumanda beşta yirik sanoat, 144 qöşma, 300 dan ziyod kiçik korxona faoliyat körsatmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalaş, texnik va texnologik yangilaş, xorijiy sarmoyalarni jalb etiş borasidagi izçil çora-tadbirlar natijasida tumanda sanoat mahsulotlari, iste'mol tovarlari işlab çiqariş, eksport körsatkiçi dinamikasi muttasil ortib bormoqda.

Joriy yilda yirik korxonalar tomonidan 9 milliard sömlikdan ziyod sanoat, 5 milliard sömlikdan ortiq iste'mol mahsulotlari işlab çiqarildi.

Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonida mahallalardagi köp qavatli turar joy binolari joriy va kapital ta'mirlandi. Mavjud xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlariga bugungi kunga qadar tijorat banklari tomonidan qariyb 3 milliard sömlik kredit mablaği ajratilgan.

Tumanda aholini manzilli ijtimoiy himoyalaşga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2017 yilda 7 ming 400 dan ortiq yangi iş örni yaratiş közda tutilgan. Bunda yangi işlab çiqariş obektlarini işga tuşiriş, mavjud korxonalarni modernizatsiyalaş va quvvatlarini kengaytiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratiş, kasanaçilikni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratiladi.

Hududdagi 7 kasb-hunar kolleji moliya, iqtisodiyot, tibbiyot, yengil sanoat, pedagogika va boşqa yönalişlarga ixtisoslaşgan bölib, joriy öquv yilida uşbu öquv maskanlarini bitirgan 1 ming 871 yigit-qizning bandligi ta'minlandi. Kollejlarda öquvçilarning davomati, özlaştirişini doimiy tahlil etib borişda xotin-qizlar qömitasi, pedagoglar, mahalla faollarining hamkorligi keng yölga qöyilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.