4 oktabr kuni Toronto osmonida yorqin meteor körindi. Bu haqida The Telegraph naşri xabar berdi.
AQŞning şimoli-şarqi va Kanadada yaşovçi taxminan 300 nafar aholi osmonda yorqin obektni kuzatganligi haqida ma'lum qildi. Uni Skarborodagi Toronto universitetining Astronomiya rasadxonasiga tegişli bölgan veb-kamera yordamida tasvirga tuşirişga muvaffaq bölindi.
Meteor şunday bir körinişki, unda meteoroidlarga mansub bölgan osmon jismi (masalan, kometa va asteroidlarning mayda bölaklari) Yer atmosferasida yonib ketadi.
Juda yorqin meteorlar bolidlar, deb ataladi.








