Toşkent şahri 2016 yil 7 oktabr, muborak juma kuni. Allohning inoyati bilan qurib bitkazilgan va mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qayta qad rostlagan yangi masjidning oçiliş marosimi arafasi. Hammayoq bu uluğ şodiyonaga hozirlangan, yöllarga, hovliga suvlar sepilgan. Masjid taşrif buyuruvçi namozxonlarni kutib olişga şay...
Mazkur muborak maskanga keng jamoatçilikning taklif va istaklarini inobatga olib, xalqimiz uçun suyukli va fidoiy inson, taniqli davlat arbobi, Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov xotiralarini qadrlaş maqsadida “Islom ota” nomi berildi. Bu haqda muslim.uz yozmoqda.
Masjidning qurib bitkazilişini, oçilişini intizorlik bilan kutgan xalqimiz masjid sari taşrif eta boşladi. Nuroniy otaxonlarimiz masjid hovlisida mehmonlarni kutib olişga peşvoz çiqdilar.
Mingdan ortiq mehmon taşrif buyurgan masjidning oçiliş marosimi Qur'on tilovati bilan boşlandi.
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov yurtimiz musulmonlarini yangi oçilgan masjid bilan muborakbod etarkan, quyidagi sözlarni bildirdi:
– Bugun notinçliklar avj olgan bir vaqtda yurtimizda tinç-osoyişta hayot barqaror turgani sababli biz mana bunday binolarni qurişga muvaffaq bölyapmiz. Bu Allohning uluğ ne'mati, marhamatidandir. Masjid qurilişida yordam qilgan, hissa qöşgan, quruvçilar va xalqimizga çuqur minnatdorçiligimizni bildiramiz. Alloh subhanahu va taolo barça musulmonlarga uşbu masjidni muborak aylasin!”.









Suratlar: Muslim.uz











