Gaitida «Mettyu» dovuli qurbonlari soni 572 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib Reuters agentligi ma'lum qilgan.
Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 478 nafarni taşkil qilayotgani aytilgandi.
«Mettyu» dovuli 2007 yildan buyon Atlantika okeanida yuzaga kelgan eng yirik uragan böldi.
Uning tezligi soatiga 210 kilometrni taşkil etmoqda. Uning kuçi törtinçi daraja (mavjud 5 darajadan - tahr.) bilan baholangan.
Ayni vaqtda dovul AQŞning janubiy qirğoqlariga yaqinlaşgan. Florida, Jorjiya va Janubiy Karolinada favqulodda holat tartibi joriy etilgan.












