Al Arabiya telekanalida Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiyaga asoslanib xabar berilişiça, Yaman poytaxtida şanba kuni koalitsiya samolyotlari dafn marosimi ustiga bomba yoğdirmagan.
"Bu maqsadda heç qanaqa harbiy amaliyot ötkazilmagan. Koalitsiyada bu hujum haqida bilişdi, men işonamanki, hodisaning boşqa sabablari aniqlanadi. Koalitsiya ommaviy qotilliklardan saqlanişga harakat qiladi. Tinç aholi vakillari bizning nişonimiz bölmagan", degan manba.
Sputnik agentligi 8 oktabr kuni tibbiy xodimlarga asoslanib Yaman poytaxti Sano şahrida ötayotgan dafn marosimiga qilingan hujum oqibatida 100dan ortiq kişi halok bölib, 534 kişi jarohatlangani haqida xabar berdi.
Keyinçalik qurbonlar soni 140 nafardan ortgani ma'lum qilindi.
Qurbonlar soni ortişi mumkin.
Halok bölganlar orasida şahar meri Abdulqodir Hilol ham bölgani aytildi.
Bu ma'lumot rasman tasdiqlanganiça yöq.
Ayni vaqtda Sano şahri isyonçi husiyçilar (şialarning "Ansor Alloh" harakati) nazorati ostida bölib turibdi. Bu guruh mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulla Saloh armiyasi vakillaridan tarkib topgan. Husiyçilar 2014 yil kuzida mamlakatning hozirgi prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyni va vazirlarini quvib yuborgan. Hukumat hozirda Yaman janubidagi Adan şahriga joylaşgan. Ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida 2015 yilning 26 martida Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi Yamanga kirdi va şundan söng qonli mojarolar yanada avj oldi.












